Kitob haqida: Atrofdagi odamlarni kuzatamiz. Ularning boshlariga musibat, tashvish yoki kulfat tushganda osongina “Alloh mushkilingizni oson qilsin, dardingizni aritsin”, deymiz. Ammo ularning ichki kechinmalari, o`y-hayollari va hislari-chi?... Ular bu bosqichdan qanday o`tayotgan ekanlar?... Nimalarni hayol qilib, nimalarni his etmoqdalar?... Shuncha darddan keyin kulishga, tabassum qilishga qayerdan kuch topa olishdi ekan?... Hayotning achchiq haqiqatlari bilan yuzlashgach, unga nisbatan qarashlari o`zgardimikan?... Musibatzadalar boshiga kelayotganlarni mardonavor qarshi olishga tayyormi? O`zi, aslida, inson bu hayotning shafqatsiz zarbalarini yengishga qodirmi? Aziz kitobxon, qo`lingizdagi “Ochilmagan maktublar” sizga ushbu savollarga javob topishga yordam beradi degan umiddamiz.
Mundarija: Birinchi maktub: 1+1=11 qoidasi Baxt chegarasi Siz uchun eng yaxshisi bo`ladi Allohning rahmati cheksiz Buyuk suhbatdosh Ey Robbim, meni ham do`st tut! Alloh hammasidan xabardor Yaxshilik egasiga qaytadi Alloh sizni eshitishni yaxshi ko`radi Tiriklik ta`mi Chiqish yo`lingiz bor O`qilmagan nomalar Alloh qolib, boshqaga suyanasizmi? Savobni Allohdan umid qilaman! Xaromga bosilmagan oyoq