Kitob nomi: Fursat (O'zgarish oni) ISBN: 978-9943-9430-5-6 Nashriyot: "Tilsim" nashr
Kitob haqida: Inson zoti borki, har doim qandaydir ruhiy ozuqaga ehtiyoj sezadi. Bu holat ishda, o'qishda, qo'yingki butun turmush tarzimizda kuzatilishi tabiiy. Ba'zan ishi yurishmagan inson tushunib bo'lmas tushkunlik iskanjasiga ham tushib qolishi turgan gap. Shunday kezlarda kishi ozgina bo'lsa ham daldaga, kimningdir ruhlantirishiga muhtoj bo'ladi. Qo'lingizdagi kitob ham insoniyatning hayotda yengilmasligiga, har bir narsada sabot bilan turishiga da'vat o'laroq yozilgan. Ushbu asar o'quvchiga kerakli paytda, kerakli ma'naviy ozuqani beradi degan umiddamiz.