Kitob nomi: Muqaddima | 1-kitob Muallif: Ibn Xaldun Tarjimon: Said Komil Muhammad Karim Muqovasi: Qattitq
Kitob haqida: Ibn Xaldunning “Muqaddima” asari - o`rta asr Islom dunyosining mashhur tarixchi va mutafakkiri tomonidan yozilgan eng muhim ilmiy durdonalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar jamiyatshunoslik, tarix, iqtisodiyot va siyosat nazariyalari bo`yicha chuqur tahlillarni o`z ichiga olib, zamonaviy ilm-fan rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Muallif jamiyatlarning rivojlanishi va inqiroziga olib keluvchi omillar haqida keng ko`lamli fikrlar yuritib, “Asabiyya”(ijtimoiy birdamlik) konsepsiyasi orqali sivilizatsiyalarning yuksalishi va tanazzulini tushuntiradi. Uning tahlillarida ko`chmanchi va o`troq xalqlar o`rtasidagi munosabatlar , iqtisodiy jarayonlar hamda siyosiy tuzilmalarning jamiyat taraqqiyotiga ta`siri batafsil yoritilgan. “Muqaddima” ilmiy va nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lib , Ibn Xaldun unda jamiyat va davlatlarni tahlil qilish uchun yangi metodologik yondashuvlarni taklif etadi. Bu asar nafaqat tarixiy voqealarni sharhlash, balki jamiyatlarni chuqurroq anglashda ham muhim o`rin tutadi. Ibn Xaldunning ilmiy merosi bugungi kunga qadar o`z qimmatini saqlab qolgan bo`lib, olimlar va tadqiqotchilar uchun noyob manba hisoblanadi.
Mundarija: -Tarix ilmining fazilati, tarixiy usullarning tahqiqi, tarixchilarga xos bo`lgan xatolar va gumonlar hamda ularning sabablari haqida qisqacha to`xtalish. -Insoniy ijtimoiy tashkilot zaruriydir -Iqlimning inson fe`l-atvoriga ta`siri -Ko`chmanchi va o`troq odamlar tabiiy jamoalardir -Sahroda odamlarning faqat birdamlikda yashashi mumkinligi haqida -Nasablarning aralashuvi qanday yuz beradi? -Xasabning davomiyligi to`rtta otadir -Hokimiyatning belgilaridan biri maqtovga loyiq fazilatlar borasida raqobatlashishdir -Mag`lub bo`lgan va boshqa xalq hukmronligi ostiga tushgan xalq tezda yo`q bo`ladi -Siyosiy doiralarning ham insonga o`xshab tabiiy umr muddati bor -Hashamat dastlab siyosiy doiralarga qo`shimcha kuch bag`ishlaydi -Hokimiyatning mohiyati va uning turlari haqida