Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9988-6-7 Til: O'zbek tili Betlar soni: 184 bet Muallif: Abdulhodiy G'iyos O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2025
Kitob haqida: Odamzot shunchalik quvvat, energiyaga boyki, ulardan foydalana olsa, xazinaning o‘zi bo‘ladi-qoladi. Sababi – bu aytayotgan boyliklarni to‘g‘ri yo‘lga sarflash orqali inson misli ko‘rilmagan yutuqlarga, zafarlarga yetishi mumkin. Bugunimizgacha yetib kelgan, o‘zining mashhurligi, donoligi, zakovatiyu ziyrakligi bilan dovrug‘ qozonganlar ham mana shu omil orqali tanilganlar. Qolaversa, yana bir xislat ularni boshqalardan ajratib turadi. U ham bo‘lsa, bularning hayot chizig‘ini to‘g‘ri chiza bilganliklaridir. Egrilikdan qochib, samimiyat ila dunyodan o‘tganlaridir. Ushbu kitob maqsadlaringizni to‘g‘ri belgilashda, ishlaringiz rivoji sari intilishingizda asqotadi, degan umiddamiz. Zero, hayotingiz to‘g‘ri shakllansa, uning yo‘llari ham, chorrahalari ham sizning manfaatingizga xizmat qiladi.